«Qorongʻulik» ijodkorlaridan «Quyoshli vodiy» tizeri eʼlon qilindi
HBO Max «Qorongʻulik» prodyuserlarining «Quyoshli vodiy» (Sonnenstal) trilleriga ilk tizer chiqardi. Olti qismning barchasi 2027-yil martida HBO Maxʼda namoyish etiladi.
27-noyabr, 19:48По-русски

hollywoodreporter.com
Syujet markazida «Qorongʻulik» bilan tanilgan Liza Vikari ijro etgan tergovchi ayol turadi. U nemis psixiatri Genrix Gofmanning kitobidan ilhomlangan serial manyakni taʼqib qiladi.
Avval loyiha Gofmanning 1845-yilda nashr etilgan bolalar sheʼrlari toʻplami nomi bilan «Stepka-rastrepka» deb atalgan. Serial prodyuserlari Baran bo Odar va Jantye Frize, mualliflari esa Matija Dragoevich hamda «4 kvartal» ustida ishlagan Bob Konrad boʻldi.
HBO Maxʼda olti epizodning barchasi premyerasi 2027-yil martiga rejalashtirilgan.





