Toshkent podstansiyalarining quvvati oshdi
Oʻnta podstansiyadagi kuch transformatorlari yangilangach, qoʻshimcha quvvat 333,2 megavolt-amperni tashkil etadi.
28-oktabr, 11:28По-русски

commons.wikimedia.org — Wikideas1
Yangilanishlar quyidagi podstansiyalarga taalluqli boʻldi: «Risovaya», «SAZIIT», «Istiqbol», «Yangi Tuzel», «Tuzel», «Karasu», «Charogon», «Gornaya», «Bibliotechnaya» va «Vystavochnaya», deb xabar berdi «Toshkent bosh elektr tarmoqlari» matbuot xizmati.
Modernizatsiyadan soʻng Toshkent energetika tizimi yuqoriroq yuklamalarga bardosh bera oladi, elektr taʼminotidagi uzilishlar xavfi kamayadi, elektr taʼminoti sifati esa yaxshilanadi.





