Oʻzbekistonda V xalqaro «FAN 0+» festivali boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida V xalqaro «FAN 0+» fan festivali boʻlib oʻtdi. U BRIKS+ Ochiq fan haftaligi dasturidan joy oldi va Yuriy Gagarinning koinotga parvozining 65 yilligiga bagʻishlandi.

Institutning Parkent tumanidagi «Solntse» posyolkasida tashkil etilgan maydonda mehmonlarga optik qurilmalar va quyosh konsentratorlari namoyish etildi. Ularga fokuslangan quyosh nuri yordamida suvni qaynatish jarayoni koʻrsatildi, shuningdek, quyosh energiyasi yordamida Olimpiya mashʼalasi yoqildi. Maktab oʻquvchilari va talabalarga funksional materiallar hamda ekologik toza texnologiyalar sohasidagi ishlanmalar haqida ham maʼlumot berildi.
Festival boshqa maydonlarda ham — Toshkent politexnika muzeyida, MDU, RXTU va MIFI filiallarida, shuningdek, hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻlib oʻtdi.





