Olimlar Eymeri muzligidan yaqin 10 yilda Moskva kattaligidagi aysberg ajralishini kutmoqda
Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aleksandr Makarov Eymeri muzligidan maydoni 3 ming kv. km gacha boʻlgan aysberg ajralishi mumkinligini aytdi.

Makarovning baholashicha, bu hodisa yaqin 5–10 yil ichida yuz berishi mumkin, biroq olimlar aniq kun yoki yilni ayta olmaydi. Boʻlajak aysbergning oʻlchami taxminan 25×80 km boʻlishi mumkin — bu Moskva maydoniga yaqin.
Olim Janubiy okeanga chiqib ketayotgan shelf muzliklaridagi massa yoʻqotilishining tezlashishini ularga iliq chuqur suvlar kirib borayotgani bilan bogʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, 10–20 yil ichida Sharqiy Antarktidada, jumladan yirik aysberglar ham koʻproq paydo boʻlishi mumkin.
Makarov Antarktidaning isishga eng sezgir qismi sifatida Antarktika yarimorolinis atadi. Besh yil ichida Bransfild boʻgʻozidagi chuqur suvlar harorati 0,3 darajaga oshdi — olimlar buni sezilarli oʻzgarish deb hisoblaydi.
Eymeri shelf muzligi Antarktidaning sharqiy qismida joylashgan. Uning maydoni qariyb 62,6 ming kv. kmni tashkil etadi. U qitʼadagi kattaligi boʻyicha Ross va Ronne–Filxner muzliklaridan keyin uchinchi oʻrinda turadi.





