Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Dart Veyderning yorugʻlik qilichi rekord darajadagi 4,875 mln dollarga sotildi

AQShdagi Heritage Auctions auktsion uyi Dart Veyderning yorugʻlik qilichini 4,875 mln dollarga sotdi. Avval «Yulduzlar jangi» bilan bogʻliq birorta buyum ham bunday yuqori narxda sotilmagan.

16-noyabr, 15:04По-русски

Read in English

Savdolar 1 mln dollardan boshlandi, biroq yakuniy taklif deyarli besh baravar yuqori boʻldi. Bungacha rekord «Imperiyaning javob zarbasi» filmidagi Lyuk Skayuokerning yorugʻlik qilichiga tegishli edi: u oʻsha auktsionda 3,75 mln dollarga sotib olingan.

Qilich ikki filmda: «Imperiyaning javob zarbasi» (1980) va «Jedaylarning qaytishi» (1983)da suratga olingan. Kadrda uni Veyder rolini ijro etgan Devid Prouz va Veyderning dublorlari ushlab turgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media