Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasini qoʻllab-quvvatlash choralari kengaymoqda

Vazirlar Mahkamasi madaniyat, sanʼat va adabiyotni qoʻllab-quvvatlash choralarini tasdiqladi: biznes-loyihalar uchun fond va soha xodimlariga subsidiyalar joriy etiladi. Qaror 2026-yil 12-noyabrdan amal qiladi.

13-noyabr, 19:11По-русски

Read in English

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-noyabrdagi 618-son qarori bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohasidagi hujjatlar tasdiqlandi. Ular qatoridan 2026-yil 2-iyundagi UP-103-son hujjat ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan «Ijodga ivestitsiya» davlat maqsadli jamgʻarmasi va uning kengashi toʻgʻrisidagi nizom ham oʻrin olgan.

Jamgʻarma Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etildi. Uning mablagʻlari isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, ularning produserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi. Jamgʻarmaga har yili respublika budjetidan 200 mlrd soʻm ajratish rejalashtirilgan.

«madaniyatgrant.uz» platformasida alohida modul ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu modul orqali loyihalarga arizalar qabul qilinadi, tanlov asosida saralash oʻtkaziladi hamda tashabbuslarning amalga oshirilishi va moliyaviy koʻrsatkichlari kuzatib boriladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tasdiqlangan nizomlarda har yili uy-joyga muhtoj ijod sohasi vakillarining 1 000 nafari uchun ipoteka subsidiyalari ajratilishi ham nazarda tutilgan. Boshqa hududga ishlash uchun koʻchib oʻtayotgan va u yerda oʻz uy-joyiga ega boʻlmagan madaniyat, sanʼat va adabiyot xodimlarining ijara xarajatlari davlat budjetidan qisman qoplab beriladi.

Bundan tashqari, milliy musiqa asboblarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash, konsert tashkilotchilariga subsidiyalar ajratish, shuningdek, davlat va nodavlat teatrlari spektakllarining sotilgan har bir chiptasi uchun toʻlovlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Davlat, shuningdek, soha vakillarining ixtiyoriy tibbiy sugʻurtasi xarajatlarining bir qismini qoplaydi va sanatoriy-kurortda davolanish xarajatlarini toʻlaydi.

Hujjat 2026-yil 12-noyabrda eʼlon qilindi va shu kunning oʻzida kuchga kirdi.