Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekiston va Shotlandiyaning yetakchi universitetlari hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov 16 noyabr kuni Edinburgda Glazgo va Edinburg universitetlari bilan akademik aloqalarni kengaytirishni muhokama qildi.

16-noyabr, 16:50По-русски

Read in English

2026-yil 16-noyabr kuni Edinburgda Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov Glazgo va Edinburg universitetlari rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Tomonlar akademik va ilmiy-taʼlimiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Glazgo universiteti rektori Endi Shofild bilan muzokaralarda qoʻshma taʼlim dasturlari va tadqiqot loyihalari muhokama qilindi. Britaniya universiteti xalqaro huquq, savdo, iqtisodiyot hamda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi masalalariga oid tashabbuslardan manfaatdor ekanini bildirdi.

Edinburg universitetida Usmonov prorektor Alan Makkey bilan uchrashdi. Oliy taʼlim, fan va tadbirkorlik sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Universitetning Biznes maktabi tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlashga yordam beradigan qoʻshma dasturlarga qiziqish bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Uchrashuvlar yakunida tomonlar STEM, huquqshunoslik, muhandislik, tibbiyot, veterinariya, biotexnologiya, moliyaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohalarida taʼlim dasturlari, qoʻsh diplom loyihalari hamda akademik mobillikni ishlab chiqish boʻyicha kelishib oldilar.

Shuningdek, tibbiy texnologiyalar va biotibbiyot sohasida qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Barqaror rivojlanish, shaharsozlik, muhandislik va ekologik muammolarni hal etish ustuvor yoʻnalishlar qatoridan joy oldi.

Tashrif doirasida elchi Edinburg universitetida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Ular taʼlim, akademik mobillik va kelgusidagi kasbiy rivojlanish masalalarini muhokama qildilar.