Oʻzbekistonda qish uchun gaz yetkazib berish ustuvor yoʻnalishlari belgilandi
2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha Oʻzbekistonda gaz aholi va ijtimoiy obyektlarga ustuvor tartibda taqsimlanadi.

Bunday tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanganini Energetika vazirligi maʼlum qildi.
Birinchi navbatda turar joylar, maktablar, bogʻchalar va shifoxonalar gaz bilan taʼminlanadi. Hujjatda strategik ahamiyatga ega isteʼmolchilarni gaz bilan taʼminlash masalasi ham alohida koʻrsatilgan.
Energetika vazirligi «Uztransgaz» va «Hududgaztaʼminot» bilan birgalikda mavjud hajmlar va ob-havoni hisobga olgan holda sutkalik hamda oʻn kunlik gaz yetkazib berish jadvallarini tuzadi. Hududlar va yirik ulgurji isteʼmolchilar boʻyicha oylik rejani respublika komissiyasi tasdiqlaydi. Joylarda gazni hokimliklar va «Hududgaztaʼminot»ning hududiy filiallari taqsimlaydi.
Gaz quvurlaridagi bosim pasaysa yoki hajmlar keskin oʻzgarsa, jadvallar tezkor ravishda qayta koʻrib chiqiladi, biroq aholi va ijtimoiy obyektlarga beriladigan ustuvorlik saqlanib qoladi. Kuchli sovuqlar paytida boshqa isteʼmolchilarga gaz yetkazib berish vaqtincha cheklanishi mumkin.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


