Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

27-oktabrdan Urganch — Xiva yoʻnalishida yangi trolleybuslar qatnay boshlaydi

Har bir trolleybus 87 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan, akkumulyatorlari esa avtonom tarzda 100 km gacha harakatlanish imkonini beradi

26-oktabr, 18:33По-русски

Read in English

Министерство транспорта РУз

Urganch shahrida davlat muassasasi — «Xorazm trolleybus parki»ning yangi binosi ish boshladi. Transport vositalarini Urganch xalqaro aeroporti, Urganch temiryoʻl vokzali va Xiva vokzalini bogʻlovchi yoʻnalishga brutto-kontraktlar tizimi asosida chiqarish rejalashtirilmoqda.

Yutong trolleybuslari Xitoydan yetkazib berildi. Xorazm viloyati transport boshqarmasi maʼlum qilishicha, haydovchilar tayyorgarlikni yakunlab, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan. Hozir ularning haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media