Yaponiya kompaniyasi Chorvoq hududida mehmonxona qurilishini muhokama qilmoqda
Yaponiyaning Sasaki Kasetsu Investment Co., Ltd. kompaniyasi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida mehmonxona yoki kurort majmuasi qurish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Bu loyihani viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kompaniya prezidenti Morio Sasaki bilan muhokama qildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
Kompaniya ayni paytda tumanda qiymati 8,5 mln dollar boʻlgan turar joy-savdo majmuasini qurmoqda: uchta turar joy korpusidan ikkitasi tayyor, uchinchisi hali qurilmoqda. Yaponiya tomoniga, shuningdek, Yangi Toshkentdagi turar joylar va tijorat koʻchmas mulklarini qurishda ishtirok etish taklif qilindi.
Bundan tashqari, Angrenda quruvchilarni yapon standartlari asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi mumkin. U yerda balandlikda ishlash, maxsus texnikani boshqarish va basseynlarni oʻrnatish boʻyicha taʼlim beriladi. Bitiruvchilar mintaqadagi va Yaponiyadagi qurilish obyektlarida ishlashi mumkin.
Hozircha bular faqat takliflardan iborat, ularni amalga oshirish muddatlari aytilmagan.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


