Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Qazilma yoqilgʻi chiqindilari 2026-yilda kamayadi, ammo CO₂ jami hajmi oshadi

2026-yilda qazilma yoqilgʻidan CO₂ chiqindilari 0,4% kamayishi mumkin, ammo oʻrmonlar kesilishi hisobga olinsa, jami hajm 43,3 mlrd tonnaga yetadi.

11-noyabr, 19:10По-русски

Read in English

2026-yilda qazilma yoqilgʻidan global chiqindilar 38,2 mlrd tonna CO₂ boʻlishi mumkin. Pasayish quyosh va shamol energetikasining oʻsishi, elektromobillar tarqalishi hamda Eron ishtirokidagi mojaro sabab yuzaga kelgan uzilishlar bilan bogʻlanmoqda.

Yerdan foydalanishdagi oʻzgarishlar ham hisobga olinganda, chiqindilarning jami hajmi 2025-yildagi 42,8 mlrd tonnadan 2026-yilda 43,3 mlrd tonnagacha oshadi. Global Carbon Project bahosiga koʻra, oʻrmonlar kesilishi va landshaftdagi boshqa oʻzgarishlardan chiqadigan chiqindilar 5,1 mlrd tonna CO₂gacha koʻpayadi. Tadqiqotchilar sabablar qatorida torf yongʻinlari va Janubi-Sharqiy Osiyodagi oʻrmonlarning degradatsiyasini keltirmoqda.

Isishni 1,5 °C bilan cheklash uchun qolgan jahon uglerod budjeti 150 mlrd tonna CO₂ deb baholanmoqda. Chiqindilar hozirgi surʼatda davom etsa, bu miqdor toʻrt yildan kam vaqtga yetishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Quyosh va shamol energetikasi hamda elektromobillar jahon energiyasiga talab oʻsishining qariyb uchdan ikki qismini taʼminlamoqda. Biroq tadqiqotchilar chiqindilarning bir yil kamayishi barqaror burilish uchun yetarli emas, deb hisoblaydi. Buning uchun qazilma yoqilgʻidan toza texnologiyalarga tezroq oʻtish kerak.

Jahon qazilma yoqilgʻi chiqindilarining qariyb 32 foizi toʻgʻri keladigan Xitoyda ular 0,9% kamayishi kutilmoqda. AQSh chiqindilarni 1,3%ga, Yevropa Ittifoqi 1,5%ga, Yaponiya esa 1%ga qisqartirishi mumkin. Hindistonda esa 4,4%ga oʻsish prognoz qilinmoqda.

Yoqilgʻi turlari boʻyicha neft chiqindilari 1,9%ga, tabiiy gaz chiqindilari 0,3%ga kamayishi mumkin, koʻmir chiqindilari esa 0,6%ga oshadi. Quruqlikdagi ekotizimlarning uglerodni yutishi 2023–2024-yillardagi El-Ninyo davrida susayganidan keyin tiklandi. Biroq tadqiqotchilar 2026-yilda El-Ninyoning yangi kuchli epizodi bu koʻrsatkichga keyingi yili taʼsir qiladi, deb kutmoqda.