Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Buxoro va Xiva gastronomiyasi Rossiyaning millionlab teletomoshabinlariga namoyish etiladi

Teleloyihaning yangi sonlarida Buxoro va Xivaning taomlari, anʼanalari va diqqatga sazovor joylari Rossiyada qariyb 18 million kishilik auditoriyaga tanishtiriladi.

11-noyabr, 16:44По-русски

Read in English

Teleloyihaning yangi sonlari Buxoro va Xivaga bagʻishlanadi: tomoshabinlarga taomlar orqali bu shaharlarning oʻziga xos jihatlari, anʼanalari, diqqatga sazovor joylari va madaniy merosi koʻrsatiladi.

Dastur auditoriyasi qariyb 18 million kishidan iborat. Sonlarning efirga uzatilishi Buxoro va Xivaning turistik yoʻnalishlar sifatida tanilishini oshirishga hamda Oʻzbekiston boʻylab gastronomik sayohatlarga qoʻshimcha eʼtibor jalb etishga yordam beradi.

Avval “Perviy kanal”da Samarqand va Toshkent haqida, ularning gastronomik anʼanalari va sayyohlik imkoniyatlariga bagʻishlangan sonlar namoyish etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media