School 21’ning 550 dan ortiq talabasi IT kompaniyalarida amaliyot oʻtamoqda
School 21’ning Toshkent va Samarqand kampuslarida tahsil olayotgan 550 dan ortiq talaba IT kompaniyalarida amaliyot oʻtamoqda. Bu haqda maktab ijrochi direktori Zarina Lukmonova press-tur davomida maʼlum qildi.

Faqat Toshkentdagi talabalar 169 ta tashkilotda, jumladan EPAM Systems, Uzum, Payme, Beeline, Uzinfocom, Uzcosmos va IT Park Uzbekistanʼda ishlamoqda. Amaliyot majburiy boʻlib, oʻquv dasturiga kiritilgan.
Uchrashuvda Fargʻona vodiysidan boʻlgan 18–24 yoshli qizlar uchun bepul Digital Kaleidoscope dasturi ham taqdim etildi. Uni School 21 va Women in Tech Yevropa Ittifoqi koʻmagida amalga oshirmoqda.
School 21’dagi taʼlim loyihalar, amaliy topshiriqlar va talabalar oʻrtasida tajriba almashish asosida tashkil etilgan. Taʼlim bepul, kampuslar esa sutka davomida, 24 soat ochiq. Maktab faoliyati davomida 140 mingdan ortiq ariza kelib tushgan, 15 mingdan ziyod nomzod saralashdan oʻtgan, 3600 dan ortiq kishi asosiy taʼlimga qabul qilingan. Hozircha maktabni 167 kishi tamomlagan, taʼlim yoʻnalishlari esa 15 ta.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


