Oʻzbekistonliklar 10 oyda xorijga 6,5 mln sayyohlik safarini amalga oshirdi
2026-yil yanvar–oktabr oylarida xorijga chiqqan sayyohlar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan 154,2 ming nafarga oshdi.
16-noyabr, 17:01По-русски

Foto: uzstat
2026-yil yanvar–oktabr oylarida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp qoʻshni mamlakatlarga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Eng ommabop yoʻnalish Qirgʻiziston boʻldi — u yerga 2 983 680 kishi borgan. Ikkinchi oʻrinni 1 183 775 tashrif buyuruvchi bilan Qozogʻiston, uchinchi oʻrinni esa 1 092 184 kishi bilan Tojikiston egalladi.
Oʻnlikdan Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Misr va Vyetnam ham joy oldi. Idora xabarida Oʻzbekiston fuqarolarining xorijga sayyohlik maqsadlarida qilgan safarlari hisobga olingan.





