Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Bolalar onkologik kasalliklarini erta aniqlash va davolash: natijalar va statistika

«Hukumat soati»da deputatlar bolalar saratoniga qarshi kurash natijalarini muhokama qildi: kasallikni erta aniqlash koʻrsatkichi 28 foizgacha, dori vositalari bilan taʼminlanganlik esa 88 foizgacha oshdi.

12-noyabr, 15:57По-русски

Read in English

Oʻzbekistonda bolalarda saratonni erta bosqichlarda aniqlash va uni davolash samaradorligi oshdi. Bu maʼlumotlarni sogʻliqni saqlash vaziri E. Adilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Hukumat soati»da keltirdi. Deputatlar 2025–2030-yillarga moʻljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurash milliy strategiyasi qanday bajarilayotganini muhokama qildi.

2023–2025-yillarda bolalarda erta bosqichda aniqlangan onkologik kasalliklar ulushi 23 foizdan 28 foizgacha oshdi. Gemoblastozlar, yaʼni qon yaratuvchi tizim oʻsmalarida bir yillik yashab qolish koʻrsatkichi 17 foizdan 42–43 foizgacha koʻtarildi. Qattiq oʻsmalarda esa bu koʻrsatkich 37 foizdan 44,5 foizgacha oshdi.

Bolalar bepul oladigan dori vositalari roʻyxati ikki baravardan koʻproqqa kengaytirildi: 89 ta nomdan 194 tagacha. Oʻsma kasalliklariga qarshi preparatlar bilan taʼminlanganlik 33 foizdan 88 foizgacha oshdi, ayrim yoʻnalishlarda esa 100 foizga yetdi.

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham operatsiyalar soni oshdi. Ularning soni 2023-yildagi 330 tadan 2025-yilda 877 tagacha koʻpaydi, yuqori texnologiyali aralashuvlar soni esa 35 tadan 165 tagacha oshdi. 2025–2026-yillarda bolalarga 36 ta oʻsib boruvchi endoprotez oʻrnatildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media