Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Nega rahbarlar inqirozdan keyin vakolatlarni xodimlarga qaytarishi muhim

Inqiroz paytida rahbarlar koʻpincha ilgari jamoa qabul qilgan qarorlarni oʻz qoʻliga oladi, biroq keyin vakolatlarni qaytarmaydi.

4-noyabr, 14:43По-русски

Read in English

Bu xodimlarning mustaqilligini pasaytirib, rahbarni qaror qabul qilishning yagona markaziga aylantiradi, deb tadbirkor Kristofer Mayers Entrepreneur uchun yozgan kolumnasida qayd etadi.

Uning aytishicha, muhim xodim ketganidan keyin u narxlar, yetkazib beruvchilar va ish jadvallari bilan bogʻliq masalalarni vaqtincha oʻz nazoratiga olgan. Inqiroz qariyb oʻn kun davom etgan, u bilan hamma masalani kelishish odati esa bir necha oy saqlanib qolgan.

Mayers muntazam qarorlar uchun masʼullarni oldindan belgilashni, qaysi holatlarda rahbarga murojaat qilish kerakligini aniqlashtirishni va inqirozdan keyin vakolatlarni qaytarish muddatini belgilashni tavsiya qiladi. Aks holda, vaqtinchalik chora doimiy qoidaga aylanishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media