Toshkentda eksperimental kino va video sanʼati festivali — NOMSIZ boshlanadi
Moc hubʼda 13–21 noyabr kunlari NOMSIZ eksperimental kino va video sanʼati festivali boʻlib oʻtadi. Kirish bepul, biroq 21 noyabrdagi performans uchun chipta kerak boʻladi.

Moc hubʼda NOMSIZ festivali doirasida eksperimental kino, video sanʼati va audiovizual performanslar namoyish etiladi. Dasturdan maʼruzalar, munozaralar, shuningdek, rassomlar va ijodiy jamoalar retrospektivalari ham oʻrin olgan.
Festival 13 noyabr kuni soat 19:00 da Danila Lipatov va Karen Tsimmermanning “Shisha ichidagi shoxchalar” asari namoyishi bilan ochiladi. 14 noyabr kuni soat 17:00 da “Markaziy Osiyoning mustaqil arxivlari” taqdimoti va muhokamasi, soat 19:00 da esa Chingiz Aydarov retrospektivasi hamda “Zamonaviy sanʼat” dasturi rejalashtirilgan.
15 noyabr kuni soat 17:00 da Yuliya Sorokina “Video sanʼati media konstrukt sifatida” mavzusida maʼruza qiladi. Soat 19:00 da “Qozogʻiston video sanʼati: kurator guvoh sifatida” dasturi namoyish etiladi. 18 noyabr kuni soat 19:00 da tomoshabinlarga Fragile Architecture filmlari-esselari taqdim qilinadi.
19 noyabr kuni soat 18:30 da Said Usar bek va Hamidulla Hasanning “Toʻy” filmi namoyish etiladi, soat 20:00 da esa Markaziy Osiyoning yangi eksperimental kinolari dasturi — “Arvoh ip” koʻrsatiladi. 20 noyabr kuni soat 18:30 da Karrabing Collective retrospektivasi, soat 20:00 da esa “Muloqotda” namoyishi boʻlib oʻtadi.
Festivalni 21 noyabr kuni SURR x NOMSIZ audiovizual performansi yakunlaydi. U soat 22:00 da boshlanadi. Qolgan tadbirlarga kirish bepul va roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi; performansga tashrif buyurish uchun chipta kerak boʻladi. Festival Oʻzbekistondagi Gyote-Instituti, Qozogʻistondagi Fransiya elchixonasi va Asia Art Archive koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Yana oʻqing

Dart Veyderning yorugʻlik qilichi rekord darajadagi 4,875 mln dollarga sotildi
Madaniyat15:04
196 mamlakatdan ishtirokchilar qatnashadigan Beast Gamesning uchinchi mavsumi 16 dekabrda chiqadi
Madaniyat11:35


