AQShdan Oʻzbekistonga 12 yil qidiruvda boʻlgan fuqaro olib kelindi
1978-yilda tugʻilgan, 2014-yildan beri qidiruvda boʻlgan erkak Oʻzbekistonga olib kelinib, Jizzax prokuraturasiga topshirildi. U chegarani noqonuniy kesib oʻtishda ayblanmoqda.

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati 2014-yildan beri qidiruvda boʻlgan fuqaroning Oʻzbekistonga qaytarilgani haqida xabar berdi. Boshqarma maʼlumotiga koʻra, erkak tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida AQShdan olib kelingan.
Ushlangan shaxs — 1978-yilda tugʻilgan Yu. N. Unga Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyat — chet elga noqonuniy chiqish yoki Oʻzbekistonga noqonuniy kirish aybi qoʻyilmoqda. Agar chegarani kesib oʻtish tartibini chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs buzgan boʻlsa, ushbu modda boʻyicha besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan.
Erkak qaytarilganidan soʻng Jizzax shahri prokuraturasiga topshirildi. Ishning boshqa tafsilotlarini IIB oshkor qilmadi.





