Google DeepMind turli hujayra turlarida genlar faoliyatini prognoz qiluvchi sunʼiy intellektni taqdim etdi
AlphaGenome 2 modeli DNKdagi oʻzgarishlar muayyan hujayra turlarida, masalan, yurak mushagi yoki immun tizimi hujayralarida genlar faolligiga qanday taʼsir qilishi mumkinligini prognoz qiladi.

Google DeepMind modelni 11 noyabr kuni taqdim etdi. Avvalgi versiya bir vaqtning oʻzida koʻplab toʻqimalar va hujayra liniyalari uchun prognozlar tuzgan. AlphaGenome 2 hujayraning belgilangan turi yoki holatini hisobga oladi. Bu bir xil genetik variant toʻqimalar haqidagi umumiy maʼlumotlarda sezish qiyin boʻlgan taʼsirni gen faolligida qaysi joyda yuzaga keltirishi mumkinligini baholash imkonini beradi.
Modelni oʻqitish uchun ishlab chiquvchilar inson va sichqonning 68 turdagi toʻqimasiga oid 107 mln dan ortiq alohida hujayra profilidan foydalangan. DeepMind maʼlumotlariga koʻra, model tadqiqotchilar taqdim etgan tajriba natijalaridan foydalanib, oʻqitish maʼlumotlarida boʻlmagan hujayra holatlari uchun ham prognozlar tuza oladi.
Bunday prognozlar kasalliklarni oʻrganishda laboratoriyada tekshirish lozim boʻlgan genetik variantlar doirasini toraytirishga yordam beradi. AlphaGenomeʼning birinchi versiyasi toʻqimalar darajasidagi prognozlar yetarli boʻlgan keng koʻlamli tadqiqotlar uchun hamon foydalanish uchun ochiq.
AlphaGenome 2 notijorat tadqiqotlar uchun API orqali foydalanish mumkin. Tijoriy tadqiqot loyihalari uchun DeepMind hozircha yopiq dastlabki rejimda kirish imkonini taqdim etmoqda.





