Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda quruvchilarga yangi uy-joylarni reklama qilish cheklanishi mumkin

Oʻzbekistonda quruvchilar loyiha deklaratsiyasini Yagona axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazmaguncha, qurilayotgan turar joy majmualari va ulardagi xonadonlarni reklama qila olmaydi.

12-noyabr, 18:34По-русски

Read in English

Bu meʼyor ulushli qurilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasida belgilangan, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

10 noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida ishchi guruh vakili Jamshid Mirzayev taʼkidladi: taqiq alohida xonadonlarga ham, butun majmuaga ham taalluqli. Avval kompaniya obyekt haqidagi maʼlumotlar kiritilgan deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazadi, shundan keyingina loyihani targʻib qilishi va xaridorlarni jalb etishi mumkin boʻladi.

Qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media