Qoraqalpogʻiston delegatsiyasi COP31 iqlim konferensiyasida
Qoraqalpogʻiston vakillari Antalyadagi BMTning COP31 konferensiyasida ishtirok etmoqda. Ular iqlimni moliyalashtirish, hududlarni moslashtirish va investitsiya jalbini muhokama qilmoqda.

Rasmiy delegatsiya tarkibiga Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi huzuridagi Grantlarni jalb etish va donorlar bilan ishlash markazi direktori K. Idirisov, Milliy ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi raisi L. Seitova hamda Joʻqorgʻi Kengesning bosh yuridik maslahatchisi Sh. Sapartayev kirgan.
Ishtirokchilar iqlim boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash va zaif hududlarni iqlim xatarlaridan amalda himoya qilish choralarini koʻrib chiqmoqda. Shuningdek, iqlimga oid yechimlarni tezlashtirish va investitsiyalarni jalb etishga yordam berishi kerak boʻlgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari alohida muhokama qilinmoqda.





