Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Toshkentda mahallalar hovlilaridagi avtoturargohlar va avtomobil oʻtish yoʻllarini olib tashlash rejalashtirilmoqda

2027 yilda 100 ta mahallani yangilash rejalashtirilmoqda, 2030 yilga qadar yangilangan hududlar umumiy soni 400 taga yetadi.

29-oktabr, 16:53По-русски

Read in English

Toshkentda mahallalarning oʻzida ijtimoiy infratuzilma va maishiy xizmatlarni rivojlantirishni nazarda tutuvchi «15 daqiqalik qulay muhit» loyihasi amalga oshirilmoqda. Poytaxt hokimligida tushuntirilishicha, bogʻchalar, maktablar, oilaviy poliklinikalar, doʻkonlar va dam olish joylari piyoda 15 daqiqalik masofada boʻlishi kerak.

Avtoturargohlar va avtomobil oʻtish yoʻllarini hovlilar tashqarisiga chiqarish rejalashtirilmoqda. Boʻshagan hududlardan bolalar oʻyinlari, sayr qilish va aholi dam olishi uchun foydalanish koʻzda tutilgan; mahallalar ichida, shuningdek, xiyobonlar va soyali alleyalarga ham joy ajratiladi.

Koʻchalarga videokuzatuv tizimlari va shoshilinch aloqa uchun SOS tugmalari oʻrnatiladi. Bundan tashqari, mahallalarda sport maydonchalari va uchrashuvlar uchun joylar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media