Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Fargʻonada 100 ming kvadrat metr maydondagi savdo-koʻngilochar markaz va ikkita 20 qavatli biznes-markazdan iborat majmua barpo etiladi

Fargʻonada uy-joylar, savdo-koʻngilochar markaz va biznes-markazlarni oʻz ichiga olgan, qiymati 290 mln dollar boʻlgan majmuani qurish rejalashtirilmoqda. Unda 2700 dan ortiq xonadon joylashtiriladi.

5-noyabr, 11:48По-русски

Read in English

Loyiha Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga taqdim etildi. Yuksalish Group kompaniyasi asoschisi Anvar Temirov aholi uchun yaratilishi rejalashtirilayotgan majmuaning rejalashtirilishi, infratuzilmasi va xizmatlari haqida soʻzlab berdi.

Majmua 7 gektardan ortiq hududni egallaydi. Bu yerda turar joy binolaridan tashqari, maydoni 100 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar markaz va biznes-markazlar ochilishi rejalashtirilmoqda. Hududda, shuningdek, bolalar bogʻchasi, yashil hududlar, dam olish joylari, avtoturargohlar va kundalik xizmat koʻrsatish obyektlari ham koʻzda tutilgan.

Majmuani boshqarishda raqamli texnologiyalar, robototexnika va sunʼiy intellekt asosidagi yechimlardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Kirish va chiqishni nazorat qilish uchun shaxsni identifikatsiya qilish tizimi koʻzda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

2030-yilgacha savdo-koʻngilochar markazga 80 ta xalqaro brendni jalb etish rejalashtirilmoqda. Kompaniya, shuningdek, turar joy obyektlari va infratuzilma foydalanishga topshirilgach, ularni uzoq muddat boshqarishni tashkil etish niyatida.

Bozorov masʼul shaxslarga loyihani sifatli amalga oshirish, shaharsozlik meʼyorlariga rioya etish va xavfsiz yashash muhitini yaratishni taʼminlashni topshirdi. Qurilishning boshlanishi va yakunlanish muddatlari xabarda koʻrsatilmagan.