Oʻzbekistonda sugʻurta mukofotlari 9 oyda 12,5 trln soʻmga yetdi
Shu davrda sugʻurta toʻlovlari 3 219,6 mlrd soʻmni tashkil etib, 68,3 foizga oshdi
13-noyabr, 16:01По-русски

Shutterstock
Bir nafar aholiga oʻrtacha 315,3 ming soʻmdan sugʻurta mukofoti toʻgʻri keldi. Mamlakatda litsenziyaga ega 36 ta sugʻurta tashkiloti faoliyat yuritmoqda: 28 tasi umumiy sugʻurta, yettitasi hayot sugʻurtasi va bittasi faqat qayta sugʻurtalash sohasida ishlaydi.
Bu davrda sugʻurtalovchilarning ustav kapitali 4,5 trln soʻmni tashkil etib, 23,1 foizga oshdi. Tuzilgan shartnomalar soni 9,6 mlntaga yetdi, bu 6,7 foizga koʻp.





