Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbek tili Oksfordda ham oʻrganilmoqda: mamlakat uni xorijda qanday targʻib qilmoqda

Oksford universitetida 2025-yil oktabridan buyon oʻzbekshunoslik dasturi faoliyat yuritmoqda: talabalar zamonaviy va chigʻatoy tillari, shuningdek, Oʻzbekiston tarixi va madaniyatini oʻrganmoqda.

10-noyabr, 16:01По-русски

Read in English

Oxford Uzbek Studies Programme dasturi 2025-yil oktabrida Oksford universitetida ish boshladi. Uni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda «El-yurt umidi» jamgʻarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 2026-yil avgustida dastur ishtirokchilari yozgi maktabda qatnashish uchun Toshkentga keldi.

Mashgʻulotlar zamonaviy oʻzbek va chigʻatoy tillarini, shuningdek, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo tarixi, adabiyoti hamda madaniyatini qamrab oladi. Toshkentdagi amaliy mashgʻulotlar muzeylar, madaniy yodgorliklar va bozorlarni borib koʻrishni oʻz ichiga oldi. U yerda talabalar tildan kundalik muloqotda foydalanish imkoniga ega boʻldi.

Bunday loyihalarni rivojlantirish 2024-yil 12-yanvardagi prezident qarorida nazarda tutilgan. Hujjat xorijdagi taʼlim va ilmiy tashkilotlarda oʻzbek tili, tarixi va madaniyatini oʻrganish uchun sharoit yaratishni koʻzda tutadi. Belgilangan vazifalar qatoridan Uzacademy internet platformasini ishga tushirish, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti markazlarini, shuningdek, xorijiy muassasalar huzurida Uzbek Studies kafedralarini ochish ham oʻrin olgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻzbek tili Markaziy Osiyo tillari dasturi doirasida Tokio xorijiy tillar universitetida ham oʻqitiladi. Qirgʻiziston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazlari tashkil etilmoqda.

Chet elliklar uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Uzbek School kurslari faoliyat yuritadi. Ularda turli mamlakatlardan qariyb 700 nafar tinglovchi taʼlim oldi. Dasturlar 3 oydan 12 oygacha boʻlgan muddatga moʻljallangan boʻlib, tinglovchilarni nafaqat til, balki milliy madaniyat, anʼanalar va kundalik muloqot xususiyatlari bilan ham tanishtiradi.