Maldiv orollari xorijiy sayyohlar uchun kirish tartibini yangiladi
Maldiv orollarida majburiy Traveller Declaration uchun elektron pochtani bir martalik kod bilan tasdiqlash joriy etildi. Hujjat IMUGA orqali kelishdan 96 soat oldin bepul rasmiylashtiriladi.
11-noyabr, 20:41По-русски

commons.wikimedia.org — Dr. Ondřej Havelka (cestovatel)
Yangilangan IMUGA tizimida turist avval elektron pochta manzilini kiritadi va shu manzilga yuborilgan OTP-kodni teradi. Faqat shundan keyin anketani toʻldirishni davom ettirish mumkin.
Deklaratsiya topshirilgach, tizim QR-kod yaratadi. Uni saqlab qoʻyish va aviakompaniya yoki chegara xizmati talab qilganda taqdim etish kerak. Shuningdek, shaklga safarning boshqa ishtirokchilarini qoʻshish imkoniyati ham paydo boʻldi.
Yana oʻqing

Dart Veyderning yorugʻlik qilichi rekord darajadagi 4,875 mln dollarga sotildi
Madaniyat15:04
196 mamlakatdan ishtirokchilar qatnashadigan Beast Gamesning uchinchi mavsumi 16 dekabrda chiqadi
Madaniyat11:35


