Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Hududlar sogʻliqni saqlash sohasiga faol investitsiya jalb qila boshlaydi

Ayrim tibbiy xizmatlarda xususiy sektor ulushi 90 foizgacha yetadi, biroq hududlar oʻrtasida sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda.

28-oktabr, 19:02По-русски

Read in English

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yildan buyon mamlakatdagi xususiy klinikalar soni 9 mingdan oshganini taʼkidladi. Stomatologiyada xususiy sektor bozorning 90 foizini, diagnostikada — 70 foizini, LOR xizmatlari, urologiya va oftalmologiyada esa — 60 foizini egallaydi.

Biroq mamlakat boʻylab soha rivojida sezilarli notekislik kuzatilmoqda. Prezident taʼkidlaganidek, 2027-yilda har bir hudud sogʻliqni saqlash sohasiga kamida 150 mln dollar miqdorida investitsiya va grant jalb qilishi kerak boʻladi. Hokimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media