Prezident maktablari tarixida ilk bor 15 oʻquvchi xalqaro mukofot oldi
2026 yil iyunidagi Pearson Edexcel International GCSE imtihonlari yakunlariga koʻra, Prezident maktablari oʻquvchilari 16 ta Outstanding Pearson Learner Awards mukofotini oldi.

Oʻnta mukofot dunyo miqyosidagi eng yuqori natija uchun berildi. Ular fizika va biologiya fanlaridagi imtihonlarga toʻgʻri keladi.
Yana oltita natija Oʻzbekistondagi eng yaxshi koʻrsatkichlar deb eʼtirof etildi — matematika va kimyo fanlari boʻyicha. Shunday qilib, 15 oʻquvchi 16 ta mukofotga sazovor boʻldi: ayrim ishtirokchilar bir martadan koʻproq taqdirlandi.
Outstanding Pearson Learner Awards har yili Pearson Edexcel xalqaro imtihonlarida alohida fanlar boʻyicha eng yuqori natijalarni koʻrsatgan maktab oʻquvchilariga topshiriladi. International GCSE sertifikatlari dunyoning koʻplab nufuzli universitetlari tomonidan tan olinadi.
Bayonotda bu yutuq Prezident maktablari tarixida misli koʻrilmagan hodisa deb ataldi. Natijalar 2026 yil iyunida boʻlib oʻtgan xalqaro imtihonlardan keyin maʼlum boʻldi.
Yana oʻqing

Turkiya Bosh shtabi delegatsiyasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida muzokaralar oʻtkazdi
Siyosat15:57
Oʻzbekiston va Qozogʻiston ID-karta orqali kirishni muhokama qilmoqda
Siyosat14-noyabr, 16:24


