Oʻzbekiston va JMT iqlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) bosh kotibi Celeste Saulo 10 noyabr kuni Antalyada iqlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Uchrashuvda iqlimdagi oʻzgarishlarni kuzatish, anomal ob-havo hodisalariga moslashish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar markaziy oʻrin egalladi.
Tomonlar koʻp yillik hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi. Oʻzbekiston va JMT gidrometeorologiya infratuzilmasini birgalikda yangilamoqda, meteorologik kuzatuvlar tarmogʻini rivojlantirmoqda hamda maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻymoqda.
Atmosferani monitoring qilish, havo sifatini nazorat etish, shuningdek, qum va chang boʻronlarini prognozlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ham alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Toshkent va JMT amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda iqlim kun tartibining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi.
Yana oʻqing

Turkiya Bosh shtabi delegatsiyasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida muzokaralar oʻtkazdi
Siyosat15:57
Oʻzbekiston va Qozogʻiston ID-karta orqali kirishni muhokama qilmoqda
Siyosat14-noyabr, 16:24


