Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Eron transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kuchaytiradi

Oʻzbekiston va Eron tashuvlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro logistika toʻsiqlarini bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzishga kelishdi.

15-noyabr, 19:55По-русски

Read in English

Muzokaralarda tomonlar xalqaro yuk tashish hajmini oshirish, transport xarajatlari va yigʻimlarni kamaytirish, shuningdek, tashuvchilar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish masalalarini muhokama qildi. Avtomobil va temir yoʻl transporti, aviatsiya, yangi transport yoʻlaklari hamda Eron portlari imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ham alohida koʻrib chiqildi.

Kelishuvlarni amalda bajarish uchun ikki mamlakat transport vazirlari oʻrinbosarlari rahbarligida qoʻshma ishchi guruh tuziladi. Guruh xalqaro yuk tashish bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtiradi, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etadi va kelishilgan tashabbuslarning bajarilishini taʼminlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media