Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Oʻzbek hunarmandchiligi Germaniyadagi «Bazaar Berlin» yarmarkasida namoyish etildi

Berlinning «Bazaar Berlin» yarmarkasida Oʻzbekiston toʻqimachilik, keramika va yogʻoch buyumlarini taqdim etdi. Unda 58 mamlakatdan qariyb 500 eksponent qatnashdi.

11-noyabr, 18:27По-русски

Read in English

Oʻzbekiston amaliy sanʼatning milliy buyumlari va toʻqimachilik mahsulotlarini «Messe Berlin» koʻrgazma markazidagi (ExpoCenter City) «Bazaar Berlin» xalqaro yarmarkasida namoyish etdi. Ekspozitsiyadan matolar, zamonaviy kiyimlar, keramika hamda yogʻochga badiiy ishlov berish namunalari oʻrin oldi.

Yarmarka sanʼat va uslub, jahon bozori, ekologik barqarorlik, ijtimoiy masʼuliyat hamda uy-roʻzgʻor buyumlarini qamrab olgan besh tematik yoʻnalishda oʻtkazildi. Hunarmandchilik buyumlari va milliy gastronomiyadan tashqari, dasturda moda namoyishlari hamda mahorat darslari boʻldi. Besh kun davomida tadbirga 35 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdi.

Oʻzbekistondan Samarqanddagi «Best Textile Samarqand» korxonasi qatnashdi. Kompaniya rahbari Muslihiddin Aslanovning aytishicha, 2023-yildan beri yarmarkada qatnashish mahsulotlarni bevosita sotish, yevropalik savdo hamkorlarini topish va doimiy buyurtmalar olishga yordam bermoqda.

Aslanov «Oʻzbekiston» brendi ostida yagona milliy ekspozitsiya tashkil etishni ham taklif qildi. Uning fikricha, ekspozitsiyani mis, yogʻoch, charm va keramikadan tayyorlangan buyumlar, soʻzana kashtachiligi, zardoʻzlik, hunarmandchilikka oid sayyohlik yoʻnalishlari, shuningdek, quritilgan mevalar, shirinliklar va milliy taomlar bilan toʻldirish mumkin. Tadbirkorning fikricha, bunday format yevropalik xaridorlar va biznes hamkorlarining oʻzbek mahsulotlari hamda madaniy merosiga qiziqishini oshirishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media