Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Amerika Saraton Jamiyati prostata saratoni skriningi boʻyicha tavsiyalarini oʻzgartirdi

Amerika Saraton Jamiyati erkaklarga PSA tahlili asosida skriningni odatda 50–69 yoshda har ikki yilda, xavfi yuqori guruhlarga esa ertaroq va tez-tez oʻtkazishni tavsiya qiladi.

13-noyabr, 11:49По-русски

Read in English

Yangilangan qoʻllanmada tashkilot prostata saratonini erta aniqlash uchun prostata-spetsifik antigen (PSA) boʻyicha qon tahlilidan foydalanishni tavsiya qildi. Avvalgi tavsiyalarda muntazam skriningga universal chaqiriq yoʻq edi.

Oʻrtacha xavfdagi erkaklar 50–69 yoshda PSA tahlilini har ikki yilda topshirishi kerak. Qora tanli erkaklarga 45 yoshdan boshlab har yili tekshiruvdan oʻtish tavsiya etiladi. Yaqin qarindoshi 65 yoshga toʻlmasdan prostata saratoniga chalingan yoki kasallik bir nechta yaqin qarindoshida aniqlangan boshqa irqdagi erkaklar uchun ham shu jadval qoʻllanadi. Agar saraton faqat bitta qarindoshida boʻlgan va tashxis 65 yoshda yoki undan keyin qoʻyilgan boʻlsa, tekshiruvni 45 yoshdan boshlash, ammo har ikki yilda oʻtish kerak.

70–74 yoshdagi erkaklarda skriningning foydasi va ehtimoliy zarari unchalik bir maʼnoli emas — tekshiruvlarni davom ettirish masalasini shifokor bilan muhokama qilish kerak. Tashkilot 75 yoshdan keyin, shuningdek sogʻligʻi yomon va kutilayotgan umr davomiyligi 10 yildan kam boʻlgan erkaklarga yoshidan qatʼi nazar skriningni tavsiya etmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Amerika Saraton Jamiyati barmoq bilan rektal tekshiruvni skriningning mustaqil testi deb hisoblamaydi. Uni kasallikdan shubhalanganda, masalan, PSA yuqori boʻlsa, tayinlashlari mumkin. Tahlil natijasining yuqoriligi oʻz-oʻzidan saraton borligini anglatmaydi va darhol biopsiya qilishni talab etmaydi: natijani takroriy tahlil bilan tasdiqlash, zarur boʻlsa, prostata MRTsi yoki biomarker testini oʻtkazish tavsiya etiladi.

Agar erkakda oʻsishi yoki tarqalish xavfi past boʻlgan saraton aniqlansa, shifokor faol kuzatuvni taklif qilishi kerak. U muntazam nazoratni, jumladan PSA tahlillari, biopsiyalar va ehtimol MRTni oʻz ichiga oladi; xavf oshgani belgilari paydo boʻlganda davolash boshlanadi.