Prezident: yil oxirigacha butun aholi kafolatlangan tibbiy yordam bilan qamrab olinadi
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga murojaat qildi. U ularni mehnati va insonlar salomatligini asrash ishiga sadoqati uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbari soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish hajmi yetti baravar oshgani va 2026 yilda bu koʻrsatkich 49 trln soʻmni tashkil etayotganini maʼlum qildi. Hududlarda birlamchi tibbiy yordamning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʻtilmoqda. Mamlakatda infarkt va insultga qarshi kurashish, onkologik va gematologik kasalliklarni erta aniqlash, shuningdek, palliativ yordam koʻrsatish tizimlari tashkil etildi.
Poliklinikalar, shifoxonalar, xususiy klinikalar va dorixonalar yagona raqamli tarmoqqa birlashtirildi. DMED tizimida 38 mln kishi uchun elektron tibbiy kartalar ochildi. Prezident tizimni yanada rivojlantirish va sunʼiy intellektni shifokorlar hamda hamshiralar uchun yordamchiga aylantirishni vaʼda qildi.
Davlat sugʻurtasi «pul bemor ortidan boradi» tamoyili asosida ishlaydi. Reimbursatsiya dasturi hisobidan bepul dori-darmonlar soni koʻpaytirilmoqda. Yil oxirigacha sugʻurta mexanizmlari barcha hududlarda ishga tushishi kerak.
2017 yildan buyon tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga qabul 4,5 baravar oshdi, ushbu muassasalarning 40 ta taʼlim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtdi.
Yana oʻqing

Turkiya Bosh shtabi delegatsiyasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligida muzokaralar oʻtkazdi
Siyosat15:57
Oʻzbekiston va Qozogʻiston ID-karta orqali kirishni muhokama qilmoqda
Siyosat14-noyabr, 16:24


