Oʻzbekiston suv resurslarini barqaror boshqarish boʻyicha Isroil tajribasini oʻrgandi
Oʻzbekiston vakillari Isroilda suv va yer resurslarini boshqarish, suv xavfsizligi hamda zamonaviy texnologiyalarga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi 10–11 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan suv muhandisligi va innovatsiyalariga bagʻishlangan 12-Kinneret konferensiyasi hamda koʻrgazmasida qatnashdi. Ishtirokchilar sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qoʻllash, suvni tozalash va chuchuklashtirish, shuningdek, yangi muhandislik yechimlarini muhokama qildi.
Kinneret akademik kollejida oʻtkazilgan seminarda transchegaraviy hamkorlik, suv xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish va tozalangan oqova suvdan qayta foydalanish masalalari koʻrib chiqildi. Umumiy suv resurslaridan oqilona foydalanishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonlik mutaxassislar, shuningdek, «Suv va yer resurslarini barqaror boshqarish: Isroil tajribasi, texnologiyalar va amaliy yechimlar» xalqaro oʻquv kursida qatnashdi. Kursni Isroil Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Rivojlanish maqsadlarida xalqaro hamkorlik agentligi (MASHAV) tashkil etdi.
Kurs doirasida ishtirokchilar qishloq xoʻjaligida resurslarni tejaydigan texnologiyalarni hamda Isroil yechimlarini oʻz mamlakatlari sharoitiga moslashtirish usullarini oʻrgandi. Yakuniy davra suhbatida ular suv va yer resurslarini boshqarishning zamonaviy usullarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


