Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Samarqand va Buxoroni pulli yoʻl bogʻlaydi

Oʻzbekistonda Samarqand va Buxoro oʻrtasida pulli yoʻl qurish rejalashtirilmoqda: safar besh soat oʻrniga 1,5 soat davom etishi kutilmoqda.

5-noyabr, 12:28По-русски

Read in English

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand — Buxoro yoʻnalishidagi avtomobil va temiryoʻl loyihalarining bosh rejalarini yakunlash hamda hamkorlar bilan muzokaralarni boshlashni topshirdi.

Loyiha sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yoʻlini qurishni nazarda tutadi. Hisob-kitoblarga koʻra, u ikki shahar oʻrtasidagi safar vaqtini hozirgi besh soatdan 1,5 soatgacha qisqartirishi kerak. Shu yoʻnalishda tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryoʻl liniyasini qurish ham rejalashtirilmoqda.

Joriy yilda Buxoro orqali oʻtuvchi A-380 avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish ham yakunlanishi kerak. Kelasi yili M-37 trassasining hududdagi 69 kilometrlik qismini yangilash boshlanadi.

$200 mln qiymatidagi loyiha doirasida Buxoro atrofida uzunligi 4,5 kilometr boʻlgan aylanma yoʻl quriladi. Samarqand — Buxoro pulli trassasining qurilish muddatlari, qiymati va tarifi eʼlon qilingan materiallarda aniqlashtirilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media