Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Toshkentda Zurab Tseretelining 80 dan ortiq asari namoyish etilayotgan koʻrgazma oʻtkazilmoqda

Toshkentda rassom va haykaltarosh Zurab Tseretelining «Hayotdan ham buyuk» nomli shaxsiy koʻrgazmasi davom etmoqda. Asarlar Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida 1 dekabrgacha namoyish etiladi.

4-noyabr, 15:06По-русски

Read in English

Ekspozitsiyaga 80 dan ortiq asar — rangtasvir namunalari, haykaltaroshlik asarlari va emal texnikasida ishlangan buyumlar kiritilgan. Tanlov Tseretelini nafaqat monumental shakllar yaratuvchisi, balki rangtasvir ustasi sifatida ham namoyon etadi.

Rossiya Badiiy akademiyasi prezidenti Vasiliy Tsereteli ochilish marosimida sanʼatkorning Oʻzbekiston madaniyatiga alohida munosabati haqida gapirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Toshkentdagi loyiha madaniyatlar muloqotini qoʻllab-quvvatlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media