Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston saygʻoqlarni asrash boʻyicha saʼy-harakatlarini birlashtiradi

Turkiyada boʻlib oʻtayotgan COP31 iqlim sammitida Oʻzbekiston va Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi eng noyob va zaif turlardan biri boʻlgan saygʻoqni muhofaza qilish boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

13-noyabr, 19:12По-русски

Hujjatni Oʻzbekiston Ekologiya va iqlim oʻzgarishi boʻyicha milliy qoʻmitasi hamda Qozogʻiston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi imzoladi.

Mamlakatlar saygʻoqlar soni va ularning migratsiya yoʻnalishlarini birgalikda kuzatadi, ilmiy maʼlumotlar almashadi, tadqiqotlar oʻtkazadi, shuningdek, brakonerlik va hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashadi.

Saygʻoqlarning yashash joylariga alohida eʼtibor qaratiladi: yaylovlar va suv havzalarini tiklash, ikki mamlakat chegarasida muhofaza etiladigan hududlarni rivojlantirish hamda hayvonlarning erkin harakatlanishini taʼminlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tomonlar saygʻoqlarni ilgari yashagan hududlariga qaytarish imkoniyatini oʻrganadi. Buning uchun dala tadqiqotlari oʻtkazilib, turni tiklash dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.

Avvalroq Oʻzbekiston brakonerlikka qarshi kurashda sunʼiy intellektdan foydalanishni va Markaziy Osiyo qoʻriqxonalari tarmogʻini yaratishni taklif qilgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media