Buxoroda kongress zali va ikkita mehmonxona qurilmoqda
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroda umumiy qiymati 136 million dollardan ortiq boʻlgan kongress zali va ikkita mehmonxona qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Hududda maydoni 14,5 ming kvadrat metr, qiymati esa 60 million dollar boʻlgan kongress zali qurilishi davom etmoqda. Beton quyish ishlari allaqachon yakunlangan, hozir tashqi muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilmoqda, fasad va tom barpo etilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Yaqinida qiymati 37 million dollar boʻlgan yetti qavatli Hilton Garden Inn mehmonxonasi qurilmoqda. Mehmonxona 212 ta xonaga moʻljallangan, loyiha yerosti avtoturargohini ham nazarda tutadi.
Yana bir yetti qavatli mehmonxona — qiymati 39,6 million dollar boʻlgan Holiday Inn ham 212 ta xonaga moʻljallangan. Uning yonida ikki qavatli biznes-markaz qurilmoqda.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


