Andijonda «Gastro food» gastronomik turizm festivali boʻlib oʻtdi
Tadbir ustalar va texnikum oʻquvchilariga esdalik sovgʻalari hamda faxriy yorliqlar topshirilishi bilan yakunlandi

Festival soha ekspertlari, Andijon viloyatining tajribali oshpazlari va jamoatchilik vakillarini birlashtirdi. U hududning turistik salohiyatini kengaytirish va mahalliy pazandachilik anʼanalarini targʻib qilish maqsadida oʻtkazildi.
Tadbir doirasida ustalar texnikum oʻquvchilariga anʼanaviy oʻzbek palovini tayyorlash, masalliqlarni tanlash va taomni dimlab pishirish usullarini koʻrsatdilar. Amaliy mashgʻulotlar turizm va xizmat koʻrsatish sohasi boʻlajak mutaxassislariga olgan bilimlarini amalda qoʻllashga yordam berdi. Shuningdek, mashgʻulotlar tajribani ustozdan shogirdga oʻtkazish anʼanasi — «Ustoz-shogird»ni davom ettirdi.





