IIHF Rossiyani xalqaro turnirlarga qaytarish haqidagi CAS qarori ustidan shikoyat qildi
Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) Rossiya jamoalariga xalqaro musobaqalarda qatnashish yoʻlini ochgan Sport arbitraj sudi (CAS) hukmiga rozi emas.
14-noyabr, 16:59По-русски

Federatsiya CASga apellyatsiya berdi, deb yozadi Kanadaning TSN telekanali.
IIHF sudning mustaqilligiga shubha qilmoqda. Rossiya tomoni foydasiga qaror chiqargan uch hakamdan ikkitasi, taxminlarga koʻra, Rossiya bilan biznes manfaatlari orqali bogʻliq. Ular ish koʻrib chiqilayotgan paytda bu aloqalar haqida maʼlum qilmagan.
IIHF hozir ustidan shikoyat qilayotgan qarorni CAS 30-oktabr kuni Rossiya Xokkey Federatsiyasining daʼvosi yuzasidan qabul qilgan. Oʻshanda sud xalqaro federatsiyani rossiyaliklarni 2026/27-yilgi mavsum turnirlariga qoʻyishga majbur qilgan.
Yana oʻqing

Germaniyada IIHFning Rossiyani yoshlar JCh-2027ga qoʻymaslik qarori qoʻllab-quvvatlandi
Sport18:37
Hellebuyck «Nyu-Jersi» safida 7 oʻyinda 7 gʻalaba qozondi
Sport18:09


