Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Toshkentning Olmazor tumanida sunʼiy koʻlga ega park barpo etiladi

Dam olish maskani Keles yoʻli koʻchasida, Kichik halqa yoʻli va Qoraqamish koʻchasi oraligʻida joylashadi.

29-oktabr, 17:26По-русски

Read in English

Хокимият Алмазарского района

Toshkentning Olmazor tumanida sunʼiy koʻlga ega park qurilishi boshlandi, deb xabar berdi tuman hokimligi.

Koʻlning maydoni 5 017 kv. metr, chuqurligi 2 metr, suv hajmi esa 10 ming kub metrni tashkil etadi. Shuningdek, parkda umumiy uzunligi 2 km boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklarini qurish hamda 200 ta daraxt ekish rejalashtirilgan.

Mavjud koʻp yillik daraxtlar saqlab qolinadi. Kichik daraxtlar zarurat tugʻilganda mutaxassislar nazorati ostida boshqa hududlarga koʻchirib oʻtkaziladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media