Oʻzbekistonlik animatorlar «Soyuzmultfilm»da amaliyot oʻtashi mumkin
«Soyuzmultfilm» va Oʻzbekiston OAVni rivojlantirish jamgʻarmasi mahalliy rejissyorlar va prodyuserlar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish boʻyicha kelishib oldi. Qoʻshma multfilm loyihalarini amalga oshirish ham mumkin.

«Soyuzmultfilm» va Oʻzbekiston OAVni rivojlantirish jamgʻarmasi animatsiya sohasi mutaxassislari uchun amaliyot oʻtash imkoniyati boʻyicha kelishib oldi. Taʼlim jarayoni Rossiya studiyasi va Oʻzbekiston jamgʻarmasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etiladi.
«Soyuzmultfilm» direktorlar kengashi raisi Yuliana Slashchyova dasturda istagan rejissyor va prodyuserlar ishtirok etishi mumkinligini maʼlum qildi. Amaliyotchilar studiya faoliyati bilan tanishadi va qoʻshma loyihalar istiqbollarini muhokama qiladi.
Hamkorlik yoʻnalishlaridan biri Rossiya va Oʻzbekistonning qoʻshma multiplikatsion kontentini yaratish boʻladi. Bu boradagi kelishuv Toshkentda oʻtkazilgan III Rossiya-Oʻzbekiston media forumida erishildi. Forumni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va TASS tashkil etdi.
Yana oʻqing

Dart Veyderning yorugʻlik qilichi rekord darajadagi 4,875 mln dollarga sotildi
Madaniyat15:04
196 mamlakatdan ishtirokchilar qatnashadigan Beast Gamesning uchinchi mavsumi 16 dekabrda chiqadi
Madaniyat11:35


