Oʻzbekistondan uch nafar hakam Qatardagi U-17 Jahon chempionatida ishlaydi
Asker Najafaliyev, Baxtiyorxoʻja Shavkatov va Avazbek Abdullayev Qatar tomon yoʻl oldi. Ular 19-noyabrdan 13-dekabrgacha oʻtkaziladigan FIFA U-17 World Cup 2026 jahon chempionati oʻyinlarida hakamlik qiladi.
14-noyabr, 17:45По-русски

17 yoshdan katta boʻlmagan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar oʻrtasidagi turnir 21-marta oʻtkaziladi. Unda 48 ta jamoa qatnashadi. Avval chempionat har ikki yilda bir marta 24 ta terma jamoa ishtirokida oʻtkazilgan. Endilikda FIFA uni har yili oʻtkazadi va musobaqa bu formatda ikkinchi bor tashkil etiladi. Turnirni oʻtkazish huquqini Qatar qoʻlga kiritgan: mamlakat musobaqaga 2025-yildan 2029-yilgacha ketma-ket besh yil mezbonlik qiladi.
Yana oʻqing

Germaniyada IIHFning Rossiyani yoshlar JCh-2027ga qoʻymaslik qarori qoʻllab-quvvatlandi
Sport18:37
Hellebuyck «Nyu-Jersi» safida 7 oʻyinda 7 gʻalaba qozondi
Sport18:09


