Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Tadbirkorlar oʻrnatgan kameralar endi taqilmagan xavfsizlik kamarini ham qayd etadi

Yangilik haydovchilarga taalluqli; yoʻlovchilar uchun alohida jarima hozircha belgilanmagan.

30-oktabr, 13:41По-русски

Read in English

1 noyabrdan boshlab tadbirkorlar oʻrnatgan kameralar haydovchining taqilmagan xavfsizlik kamarini qayd etishi mumkin. Adliya vazirligi bu 29 oktabrdagi qarorda nazarda tutilganini maʼlum qildi.

Huquqbuzarlik qaydida haydovchi yuzining aniq tasviri, sana va vaqt, shuningdek, hodisa joyining aniq koordinatalari boʻlishi kerak. Maʼlumotlar avtomatik ravishda «Maʼmuriy amaliyot» tizimiga yuboriladi.

Haydovchi va old oʻrindiqlarda oʻtirgan yoʻlovchilar transport harakatlanishi boshlanishidan oldin xavfsizlik kamarini taqishi shart. Taqilmagan xavfsizlik kamari uchun yoʻlovchilarga solinadigan jarima hozircha belgilanmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media