Oʻzbekiston Janubiy Koreya va Britaniya bilan qurilish hamkorligini muhokama qildi
Oʻzbekiston Qurilish vazirligi JACE KOREA bilan seysmik mustahkamlash va DXSh boʻyicha tajriba almashishga kelishdi, Connected Places Catapult bilan BIM joriy etilishini muhokama qildi.

Oʻzbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Janubiy Koreyaning JACE KOREA tashkiloti bilan muzokaralar oʻtkazdi va Britaniyaning Connected Places Catapult tashkiloti bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. JACE KOREA bilan uchrashuvda tomonlar binolarni seysmik mustahkamlash boʻyicha tajriba almashish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi.
Britaniya tashkiloti bilan uchrashuvda Digital Construction International Programme dasturi doirasida binolarni axborot modellashtirish (BIM) texnologiyalarini joriy etish masalasi muhokama qilindi. Ishtirokchilar milliy yoʻl xaritasi, texnik standartlar, BIMʼdan davlat xaridlarida foydalanish, mutaxassislar tayyorlash va axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalarini koʻrib chiqdi.
Yana oʻqing

Banklar mijozlarning moliyaviy operatsiyalariga qarab demensiyani aniqlashni oʻrganmoqda
Iqtisodiyot18:49
Soliq qoʻmitasi soliq tizimini yaxshilash boʻyicha fuqarolar va biznes takliflarini qabul qilmoqda
Iqtisodiyot16:58


