Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

DNKni uzmasdan genni «qayta yozish»: AQShda yangi gen terapiyasi sinovlari boshlandi

Terapiya Vilson kasalligiga chalingan odamlarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Bu ATP7B genidagi mutatsiya tufayli organizmda mis toʻplanib, jigar va miyaga zarar yetkazadigan irsiy kasallikdir.

5-noyabr, 19:13По-русски

Read in English

Hozir bemorlar umr boʻyi dori-darmon qabul qilishlariga toʻgʻri keladi.

2019-yilda taʼriflangan praym-redaktirlash usuli DNKning ikkala zanjirini uzmasdan, uning muayyan qismini aniq oʻzgartirish imkonini beradi. PM577a Yevropa va Shimoliy Amerikadagi patogen allellarning 50 foizigacha toʻgʻri keladigan H1069Q variantiga yoʻnaltirilgan. Sichqonlar ustidagi tajribalarda jigar hujayralarining 80 foizidan koʻprogʻidagi genni tuzatishga erishilgan.

Tadqiqotga 42 kishi jalb etiladi, dastlabki natijalar esa 2027-yilda kutilmoqda. Preparat odamda samara bergan-bermagani hozircha nomaʼlum. Shu sababli gap toʻliq tuzalish haqida emas, balki muhim texnologik bosqich haqida bormoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media