Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

6–7 va 9–11 noyabr kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida sel kelishi mumkin

Oʻzgidromet mamlakatning togʻoldi va togʻli hududlarida 6–7 hamda 9–11 noyabr kunlari sel kelishi va suv toshqinlari yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.

5-noyabr, 20:11По-русски

Read in English

Oʻzgidromet Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel va suv toshqinlari xavfi borligidan ogohlantirdi. Aholi va tashrif buyuruvchilardan ehtiyot choralariga rioya qilish soʻraldi.

Qashqadaryo viloyatida ogohlantirish Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlariga tegishli.

Surxondaryo viloyatida roʻyxatga Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlari kiritilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida xavfli hodisalar yuz berishi mumkin.

Navoiy viloyatida ogohlantirish Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida amal qiladi. Jizzax viloyatida esa Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlariga tegishli.

Toshkent viloyatida Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlari suv bosishi mumkin boʻlgan hududlar qatorida.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqoʻrgʻon tumanlari qayd etilgan. Fargʻona viloyatida esa Soʻx, Fargʻona va Beshariq tumanlari, shuningdek, Shohimardon koʻrsatilgan.

Andijon viloyatida ogohlantirish Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod va Marhamat tumanlari, shuningdek, Xonobod shahriga tegishli.