Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Uzoq masofaga qatnaydigan poyezd yoʻlovchilariga elektr poyezdlarda bepul yurishga ruxsat berilishi mumkin

Qaror loyihasi 11-noyabrgacha davom etadigan jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

29-oktabr, 15:51По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Semen1966

Elektron chiptaga ega uzoq masofaga qatnaydigan poyezd yoʻlovchilari tegishli hududdagi shahar atrofi poyezdlarida bepul yurishlari mumkin boʻladi.

Imtiyoz chiptada koʻrsatilgan joʻnab ketish vaqtidan oldingi 12 soat davomida hamda manzilga yetib kelganidan keyingi 12 soat davomida amal qiladi.

Transport vazirligi, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va boshqa tashkilotlarga 2027-yil 1-sentabrgacha imtiyozni taqdim etish tartibini ishlab chiqish va joriy etish taklif qilinmoqda. Buning uchun tarif mexanizmlarini birlashtirish va temir yoʻl tashuvchilarining axborot tizimlarini moslashtirish rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media