Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Dushanba, 16-noyabr 2026-yil
Asosiy yangiliklar.
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati oʻn yil ichida qariyb 30 baravar oʻsdi

Oʻzbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2016-yildagi 1,7 trln soʻmdan 2026-yilda 50 trln soʻmgacha oshdi.

9-noyabr, 13:21По-русски

Read in English

president.uz — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Oʻn yil davomida sohaga $2 mlrd investitsiya kiritildi va 413 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi. Shu davrda eksport 14 baravar oshib, joriy yilda $1,6 mlrdga yetdi.

Prezidentning baholashicha, sohaning salohiyati hali toʻliq ochilmagan. Asosiy eʼtibor yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar, jumladan, misni qayta ishlash hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulotlarga qaratiladi. 2026-yilda uchinchi misni boyitish fabrikasi ishga tushdi. U mis ishlab chiqarishni 300 ming tonnagacha, 2030-yilga borib esa 500 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Energetika va boshqa sohalardagi loyihalar qoʻshimcha talabni yuzaga keltiradi: 2030-yilga borib mamlakatdagi energiya saqlash tizimlarining quvvati 4,5 GVtga yetishi kerak. Bundan tashqari, Oʻzbekiston yaqin oʻn yil ichida hamkorlar bilan $450 mlrdlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq sohaga 2030-yilga borib eksportni $5 mlrdgacha oshirish maqsadi qoʻyilgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media