Germaniyada IIHFning Rossiyani yoshlar JCh-2027ga qoʻymaslik qarori qoʻllab-quvvatlandi
Germaniya xokkey federatsiyasi Kanada hukumati pozitsiyasi sabab IIHFning Rossiya terma jamoasini yoshlar JCh-2027ga qoʻymaslik qarorini qoʻllab-quvvatladi.
16-noyabr, 18:37По-русски

Germaniya xokkey federatsiyasi Edmonton va Red-Dierda oʻtkaziladigan turnir rejalashtirilgan muddatlarda boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. IIHF milliy federatsiyalarni Rossiya chempionatda oʻynamasligi, Norvegiya esa ishtirokchilar safidagi oʻrnini saqlab qolishi haqida xabardor qildi.
Germaniya federatsiyasi, shuningdek, Rossiyaning qaytishiga qarshi chiqqan boshqa mamlakatlarning birdamligini qayd etdi. Uning baholashicha, bu umumiy pozitsiya soʻnggi haftalarda yoshlar JCh-2027 va IIHF shafeligidagi boshqa turnirlar uchun muhim rol oʻynadi.
Yana oʻqing

Hellebuyck «Nyu-Jersi» safida 7 oʻyinda 7 gʻalaba qozondi
Sport18:09
Gollandiyadagi mojaro: AZda 15 yoshli futbolchilar safda haydalib, peyntbol sharlari bilan oʻqqa tutildi va tovuq soʻyishga majbur qilindi
Sport15:42


